Xitoyning Shensi provinsiyasidagi konning o‘pirilishi oqibatida uch nafar konchi halok bo‘ldi, yana sakkiz kishining taqdiri noma’lum. Bu haqda XXR Ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlash davlat bosh boshqarmasi bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 6-yanvar, chorshanba kuni kechqurun Yuylin shahridagi konda sodir bo‘lgan. O‘pirilish vaqtida konda 49 nafar kishi bo‘lib, ulardan 38 nafari mustaqil ravishda yuqoriga chiqa olgan.
Qutqaruvchilar 7-yanvar kuni, ertalab konning asosiga tushganda uch nafar halok bo‘lganning jasadi topildi. Ayni paytda qutqaruv ishlari davom etmoqda. Kondagi turli xil gazlarning konsentratsiyasi qutqaruvchilarning ishini qiyinlashtirmoqda.
Izoh (0)