Brent neftining narxi Moskva vaqti bo‘yicha 5:00 da barreliga 33,21 dollarga pasaydi. Keyingi 15 daqiqa ichida uning narxi yana 33,50 dollarga o‘sdi, deb xabar beradi “RBK”.
Brent markasi bahosining keskin tushishiga Xitoy fond bozoridagi 5:24 holatiga 7,32 foizga tushib ketishi sabab bo‘ldi. Savdolarning boshlanishidayoq Shanghai Composite indeksi besh foizdan ko‘proqqa arzonlashdi. Shundan so‘ng savdo 15 daqiqaga to‘xtatib turildi. Biroq birja faoliyati yana ishga tushgandan keyin ham keskin pasayish davom etdi. 7,32 foiz ko‘rsatkichda savdo yana to‘xtatildi.
Oxirgi sutka ichida neftning Brent markasi sakkiz foizdan ko‘proqqa arzonlashdi. Neft barrelining narxi 2004-yilning aprelidan buyon 34 dollardan pasaymagan edi.
Izoh (0)