Gvatemala Bosh prokuraturasi 2008-yilda 16 nafar xorijlikni o‘ldirganlikda ayblangan narkobaron Marvin Montyel Marinni 828 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilishni talab qildi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, jinoyatchining to‘qqiz nafar sherigiga ham 9 yildan 836 yilgacha bo‘lgan muddatga qamoq jazosi berilishi mumkin.Ularning barchasiga qasddan odam o‘ldirish, giyohvandlik vositalarini kontrabanda qilish va jinoiy uyushma tuzish kabi ayblovlar qo‘yilgan.
Prokuratura sudga taqdim etgan dalillardan aniqlanishicha, ayblanuvchilar 2008-yil 8-noyabrda giyohvandlik vositalarini tashib ketayotganlikda gumon qilib, Nikaraguaga yo‘l olgan avtobusni to‘xtatgan. Transport vositasida giyohvandlik vositasi yo‘qligiga iqror bo‘lgach, jinoyatchilar avtobusda bo‘lgan 16 nafar yo‘lovchini o‘ldirishga qaror qilgan va ularning jasadlarini Montyel Marinning dala hovlisida yoqib yuborgan.
15 nafar nikaragualik va bir nafar gollandiyalik fuqaro ma’nosiz zo‘ravonlikning qurboni bo‘ldi.
Izoh (0)