Bahrayn poytaxti Manamada Saudiya Arabistoni tomonidan shia ulamosi Nimr an-Nimrning qatl etilishi munosabati bilan ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Associated Press agentligi ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
Agentlikning ma’lum qilishicha, politsiya namoyishchilarga qarshi ko‘zni yoshlantiruvchi gaz va sochma o‘qlarni qo‘llamoqda. Natijada ko‘pchilik yaralangan.
Namoyishchilarning o‘zlari “Molotov kokteyli” butilkalaridan foydalanmoqda.
Avvalroq shia ulamosi Nimr an-Nimrning qatl etilishi munosabati bilan Tehronda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan edi.
Izoh (0)