Saudiya Arabistoni shahzodasi Al Volid bin Talal Eron bilan bog‘liq barcha investitsiya va loyihalarini bekor qildi. Bu haqda Reuters ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
Ta’kidlanishicha, Eron elchisining uchrashish haqidagi iltimosini u rad etgan. Bin Talal, shuningdek, 34 foiz aksiyalari unga tegishli bo‘lgan Flynas aviatashuvchisining Eronga barcha parvozlarini ham bekor qildi.
Agentlik shahzoda Eronda aynan qaysi loyihalarni moliyalashtirganligiga aniqlik kiritmadi.
Eslatib o‘tamiz, 3-yanvar kuni Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqalarni uzganligini ma’lum qilgan edi. Bunga Tehrondagi ommaviy tartibsizliklar natijasida Saudiya Arabistoni elchixonasining vayron qilinganligi sabab bo‘lgan edi.
Izoh (0)