Checheniston rahbari Ramzan Qodirov barcha musulmonlarni Yaqin Sharqdagi tinchlikning tiklanishi uchun duo qilishga chaqirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Uning so‘zlariga qaraganda, vaziyat butun dunyodagi musulmonlarni tashvishga solmoqda.
“Birgalikda o‘z muammolarini hal etish bilan shug‘ullanish o‘rniga Yaqin Sharqning nufuzli mamlakatlari keskinlikning yangi o‘choqlarini yuzaga keltirmoqda”, — deb yozdi Qodirov “Vkontakte”dagi sahifasida.
Qodirov, shuningdek, hozir barchasi xavfli chegarada turganligini va uning ortida urush hamda global fojia turganligini ta’kidladi.
Izoh (0)