Tokio politsiyasi Saudiya Arabistoni va Eron elchixonalari joylashgan hududlardagi xavfsizlik choralarini kuchaytiradi. Bu ushbu davlatlar o‘rtasidagi aloqalarning keskinlashuvi bilan bog‘liq, deb xabar beradi “TASS”.
5-yanvar, seshanbadan Tehron va Ar-Riyodning diplomatik vakolatxonalari joylashgan Minato hududida patrul xizmati kuchaytirildi. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni va Eron bilan bog‘liq kompaniya va tashkilotlar ofislaridagi qo‘riqchilar soni oshirilgan.
Tokio politsiyasi, shuningdek, Yaqin Sharq davlatlari elchixonalari bilan doimiy aloqada bo‘lib, ular bilan axborot almashmoqda.
Izoh (0)