Braziliyaning janubi-sharqida ikki motorli Beechcraft King Air samolyotining halokatga uchrashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda O Globo telekanali bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Samolyot San-Paulu shahridan Rio-de-Janeyro shtatidagi Parati shahriga parvoz qilayotganda radarlardan 3-yanvar kuni g‘oyib bo‘lgan. Qutqaruvchilarga uning bo‘laklarini topish va ikkala uchuvchining halok bo‘lganligini tasdiqlash uchun 10 soat vaqt kerak bo‘ldi. Halokat chog‘ida samolyot bortida boshqa yo‘lovchi bo‘lmagan.
Ma’lum qilinishicha, samolyot qo‘nishi lozim bo‘lgan aeroportdan uzoq bo‘lmagan joyda, borish qiyin bo‘lgan o‘rmon hududiga qulab tushgan.
Ta’kidlanishicha, havo kemasi Braziliyaning San-Paulu shtatida faoliyat olib boradigan Shibata supermarketlar tarmog‘iga tegishli bo‘lgan.