Suriyaning kimyoviy quroldan iborat bo‘lgan zaxirasini tugatish ishlari yakunlandi. Bu haqda Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti (KQTT) bergan ma’lumotlariga asosan “Interfaks” xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, KQTT tomonidan yollangan Veolia kompaniyasi AQShning Texas shtatidagi o‘ziga tegishli bo‘lgan maxsus obyektda ftorli vodorod solingan 75 ta silindrni yo‘q qildi.
“Bu ish, Suriya Arab Respublikasi ma’lum qilgan barcha kimyoviy qurolni yo‘q qilish jarayonining tugaganligini bildiradi”, ― deya ma’lum qildi KQTT.
Izoh (0)