Hindistonda yuz bergan zilzila qurbonlari soni 11 kishiga yetib, 130 dan ortiq odam tan jarohati oldi. Bu haqda Times of India nashri bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, halok bo‘lganlardan uch nafari bangladeshlik bo‘lib, zilzila bu yerda bir nechta tuman va mamlakat poytaxti Dakkaga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi tabiiy ofatlarga qarshi kurashish tezkor bo‘linmalarini zarar ko‘rgan hududlarga yuborishga qaror qildi.
Zilzila epitsentri sharqiy Manipur shtatidagi Tamenglong okrugida, zilzila o‘chog‘i esa 10 km chuqurlikda joylashdi.
Oldinroq Hindistonda ro‘y bergan zilzila qurbonlari soni 9 kishiga yetgani haqida ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)