Islomobod Pokistonning chegarasi yaqinidagi Hindiston aviatsiya bazasiga hujum uyushtirgan terrorchilarni qoralab chiqdi. Bu haqda “RIA Novosti” bergan ma’lumotlarga asosan “Vedomosti” xabar qilmoqda.
Pokiston Tashqi ishlar vazirligining bayonotida “Pokiston Hindistonning Patxankotida uyushtirilgan va ko‘plab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan teraktni qoralaydi. Biz Hindiston hukumati va xalqiga, qurbon bo‘lganlarning oilalariga chin yurakdan hamdardligimizni bildiramiz va zarar ko‘rganlarning tezda sog‘ayib ketishiga tilakdoshmiz”, ― deya ma’lum qilindi.
Shuningdek, ta’kidlanishicha, Islomobod Hindiston va hududning boshqa mamlakatlari bilan terrorizmni bartaraf qilishga qaratilgan umumiy kurashda hamkorlik qilish tarafdori ekanligini bildiradi.
Eslatib o‘tamiz, Hindistonning shimolidagi aviabazaga hujum uyushtirgan jangarilar, ularni siqib chiqarishga qaratilgan va 14 soat davom etgan operatsiya natijasida yo‘q qilindi.
Izoh (0)