Bir guruh qurollangan jinoyatchilar mamlakatning markaziy qismida joylashgan Morelos shtatidagi Temisko shahri meri Xisela Motani otib o‘ldirdi. Bu haqda La Jornada nashri bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Qotillik mer lavozimida ishlay boshlaganiga bir kun bo‘lgan ayolning uyida amalga oshirilgan.
Ma’lum qilinishicha, 2-yanvar kuni to‘rt nafar jinoyatchi eshikni sindirib, uy ichiga kirib kelgan va o‘q ota boshlagan. Natijada, uyda bo‘lgan Mota va yana ikki kishi voqea sodir bo‘lgan joyda halok bo‘ldi.
Jinoyatchilar tezda qo‘lga olinib, ulardan ikki nafari ta’qib davomida o‘ldirildi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar jinoyat sabablariga aniqlik kiritmoqda.
Izoh (0)