Britaniya fuqarosi Amsterdamning Sxipxol aeroportida bomba portlatish bilan tahdid qildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, ro‘yxatdan o‘tish uchun yo‘lovchilar bilan navbatda turgan 29 yoshli erkak hibsga olingan.
Hodisa Sxipxol aeroportining uchinchi terminalida sodir bo‘ldi. Erkak kiyimi ostida bomba yashirilganligini aytib, baqira boshlagan. Bir necha daqiqadan so‘ng politsiyachilar uni qo‘lga olgan.
Aeroport matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hozirda britaniyalik hibsda saqlanmoqda. Sxipxol aeroporti odatdagidek ish rejimida faoliyat yuritmoqda.
Izoh (0)