Kamida 300 ming nafar kishi Singapurning tarixiy va ishbilarmon kvartallarining chiroyli manzarasi namoyon bo‘ladigan Marina bey ko‘rfazida uyushtiriladigan Yangi yilni qutlash tantanalarida ishtirok etmoqchi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Yangi yil tantanalarining eng qizg‘in pallasida, sakkiz daqiqali mushakbozlik uyushtirilib, tashkilotchilarning ta’kidlashicha, mushaklar ilk marotaba ko‘rfaz hududini to‘liq qurshab oladi.Shu bilan bir vaqtda, Singapurning eng e’tiborli joyi hisoblanadigan Fullerton mehmonxonasining oldidagi maydonda kechqurun nurli shou bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, Yangi yil bozori ishga tushadi.
Izoh (0)