Bryussel hukumati Yangi yil munosabati bilan shaharda o‘tkaziladigan bir qator tadbirlarni bekor qildi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Shahar meri Ivan Mayorning ma’lum qilishicha, bu odamlarning to‘planishini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan an’anaviy Yangi yil salyutlari va boshqa tadbirlarga ham tegishlidir.
Shahar meriyasi matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, so‘z barcha tantanalarni bekor qilish haqida emas, balki faqat De-Bruker maydonidagi mushakbozlik haqida bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Belgiya politsiyasi tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida Bryussel, Flamand Brabanti va Lyej shaharlarida mamlakatning hududida bir qator terakt sodir etishga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumon qilingan olti kishi hibsga olingan edi.
Izoh (0)