Yil yakunlarini sarhisob qilarkan, Kaliforniya Fanlar akademiyasi 2015-yilda kashf etilgan jonivorlar va o‘simlik turlari tasvirlangan suratlar seriyasini taqdim etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 2015-yilda akademiya olimlari tomonidan 102 turdagi yangi jonli mavjudotlarga ta’rif berildi. Akademiya professori Meg Loumanning so‘zlariga ko‘ra, olimlar insoniyat Yer yuzida yashayotgan tirik mavjudotlarning faqat 10 foizi haqida biladi, deb taxmin qiladi.
Tetronarce Cowley elektr skati. Yirtqich, o‘lja ortidan 150 metr chuqurlikkacha sho‘ng‘ich oladi. Atlantika okeani janubi-sharqiy qismida uchraydigan bu skat o‘ljasini 45 volt kuchlanishga ega tok bilan urib o‘ldiradi.
Prionopelta Dracula turkumiga mansub chumoli. Bu chumolining olti turi Seyshel orollari va Madagaskardan topildi. Bu tur chumolilar yosh turdoshlarini tishlab, ularning gemolimfasini — qon vazifasini bajaruvchi suyuqligini ichishi sabab, Drakula sharafiga nomlangan.
Cardioglossa congolia baqasi — Kaliforniya Fanlar akademiyasi olimlari tomonidan kashf etilgan ikki qurbaqadan biri.
Yangi Zelandiya qirg‘oqlari yaqinidan topilgan Chimaera carophila.
Chelidonura alexis mollyuskasi. Ilk bor 2011-yilda ta’riflangan, biroq tirik namunasi 2015-yilda topildi.
Plendidisim nomli yana bir mollyuska.
2015-yil mollyuskalar kashfiyotiga boy bo‘ldi. Ularning yana bir vakili — Doto greenamyerinew.
Hind okeani janubi-g‘arbiy qismida uchraydigan mushuksimon akulalar oilasi vakili — Buthaelurus naylori.
Bungacha fanga noma’lum hisoblangan Chaetodactyla rainioae qo‘ng‘izi.
Milnesium turkumiga mansub “suv ayig‘i” surati. “Suv ayiqlari” olti oyoqli, har bir oyog‘ida ikkitadan tirnoqchasi bo‘lgan, suvda yashovchi mikroskopik jonivorlardir.
Chuqur suvlarda yashovchi o‘qchi-baliqlarning yangi turi — Navigobius vittaus.
Kaliforniya Fanlar akademiyasi tomonidan 2015-yilda ta’riflangan o‘simliklardan biri — Odontonema aliciae.
Mikroskop ostidagi gulchang — Odontonema aliciae.
Pseudomegachasma akulasining tishi. Bu “yangi” turning yoshi 100 million yil atrofida. Olimlarning taxminicha, shu kungacha fanga noma’lum bo‘lgan va qirilib ketgan akula, tishlari qo‘rqinchli bo‘lsa-da, planktonlar bilan oziqlangan.
Yana bir yangi qo‘ng‘iz turi — Scaphinotos hoodooensis.
Pison amabile qum ammofilasi. Bu ari o‘ljasiga nayza sanchib, uni o‘z iniga sudrab ketadi.
Yana bir ari — Pseudoscolia aequatoria.
Izoh (0)