Hindiston razvedkasi Yangi yil arafasi va undan keyingi bayramlar vaqtida mamlakat hududida terrorchilik harakatlari sodir etilishi xavfi to‘g‘risida ogohlantirdi. Bu haqda India Today jurnali ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Nashrning ma’lum qilishicha, Pokistonning “Lashkar-e-Tayba” terrorchilik guruhining 20 ga yaqin a’zosi Hindistonga kirib kelgan bo‘lishi mumkin.
Jangarilar go‘yoki Hindiston bosh vaziri Narendra Modiga hujum qilishni rejalashtirmoqda. Xavf ostida bo‘lgan obyektlar qatoriga mamlakat parlamenti, quruqlikdagi qo‘shinlar shtab-kvartirasi va atom elektr stansiyasi kiritilgan.
Ogohlantirish munosabati bilan Hindistonning bir qator tumanlarida xavfsizlikning kuchaytirilgan choralari joriy etilgan. Bundan tashqari, razvedka mamlakat bo‘ylab odamlar ko‘p to‘planuvchi joylarda tartib qo‘riqchilari sonini oshirishni tavsiya qilgan.
Izoh (0)