AQShning Alyaska shtatidagi Ankorij shahar markazida, bir motorli samolyot ofis binosiga kelib urilib, yonib ketdi. Bu haqda Reuters bergan ma’lumotlarga asosan “Segodnya.ua” xabar qilmoqda.
Samolyot olti qavatli Brady deb nomlangan binoga tongda urildi. Samolyot bo‘laklari sochilib ketishi oqibatida qo‘shni binoga borib tushib, elektr transformatorga tegib ketdi va yon atrofda elektr energiyasining o‘chishiga sabab bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa ertalab sodir bo‘lganligi tufayli, binoning ichida odam soni kam bo‘lib, dastlabki xabarlarga ko‘ra, ular orasida qurbonlar yo‘q.
Samolyotda yolg‘iz o‘zi bo‘lgan deb hisoblanayotgan uchuvchi halok bo‘ldi.
Tergovchilar halokat sabablariga aniqlik kiritmoqda. Samolyotning qayerga uchib ketayotgan bo‘lganligi hozircha noma’lum.
Izoh (0)