Pokistonning Xaybar-Paxtunxva provinsiyasi, Mardon shahridagi ma’muriy binolarning birida kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, bino Pokistonning davlat idoralaridan biriga tegishli bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 12 kishi halok bo‘lib, yana 25 kishi yaralandi.
Hodisa joyiga xavfsizlik xizmati vakillari kelib, hududni qurshab oldi.
Izoh (0)