Pokistonda terrorchilik va qotillikka aloqadorligi uchun hukm qilingan to‘rt nafar mahbus qatl etildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Jinoyatchilarga nisbatan hukm harbiy sud tomonidan chiqarilgan edi. Ular Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatidagi Koxat shahri qamoqxonasida osish orqali qatl etildi.
Idoralararo harbiy matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mahkumlar qotillik, xudkushlar ishtirokidagi teraktlar, garov puli olish maqsadida odam o‘g‘irlash va terrorchilik tashkilotlarini moliyalashtirishda ayblangan.
Izoh (0)