Meksikada noma’lum shaxslar “Familiya Michoakana” narkokarteli asoschisi Karlos Rosales Mendosani o‘ldirdi. Sil odam laqabi bilan mashhur 53 yoshli jinoyatchining jasadi qiynash alomatlari va o‘q jarohatlari bilan Michoakan shtatining Santa-Kasilda tumanidan topildi. Bu haqda ushbu hudud prokuraturasining ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Rosales Mendosaning jasadi bilan birga yana uch kishining jasadi topilgan. Ularning shaxsi hali aniqlashtirilmagan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar qotillik yuzasidan surishtiruv ishlarini boshladi.
Nazorat boshqarmasining xabarida ma’lum qilinishicha, Mendosaning jasadini uning qarindoshlari tanigan, shuningdek, ular ko‘mish uchun jasadni berishni so‘ragan.
Izoh (0)