Kuba orolining janubi-sharqidagi Santyago-de-Kuba provinsiyasida ikkita yuk tashuvchi avtomashinaning to‘qnashuvi oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘lib, yana 34 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Yo‘lovchi tashib ketayotgan ikkita yuk tashuvchi avtotransport vositasi ishtirokidagi avtohalokat Gavana shahridan 870 kilometr uzoqlikda sodir bo‘ldi. Halokat oqibatida yetti nafar ayol, besh nafar erkak va bir nafar voyaga yetmagan qiz qurbon bo‘ldi.
Bundan tashqari, 34 nafar jarohat olganlarning orasida besh kishining ahvoli og‘ir ekanligi ta’kidlanmoqda.
Politsiya avtohalokat sabablarini aniqlash maqsadida voqea sodir bo‘lgan joyga yetib keldi.
Izoh (0)