Belgiya politsiyasi tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida Bryussel, Flamand Brabanti va Lyej shaharlarida mamlakatning hududida bir qator terakt sodir etishga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumon qilingan olti kishi hibsga olindi. Bu haqda RTBF agentligi bergan ma’lumotlarga asosan “Yevropeyskaya pravda” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 28-dekabr, dushanba kuni politsiya bir qator tintuv ishlaridan keyin olti kishini hibsga oldi. Sud gumondorlarning ikki nafarini hibsga oldi. Qolgan to‘rt kishi so‘roq qilingandan keyin ozodlikka qo‘yib yuborildi.
Ta’kidlanishicha, hibsga olinganlar terrorchi guruhning faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Ayni vaqtda ularning Parijda yuz bergan teraktlarga aloqadorligi aniqlanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Avstriya politsiyasi Yevropadagi qator davlatlar poytaxtlari “hamkor razvedka xizmati”dan yangi yil arafasida teraktlar sodir etilishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirish olganini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)