O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Doha shahrida Qatar olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi tashkiloti o‘zining Facebook’dagi sahifasida xabar qilmoqda.
Samvel Babayan murabbiyligidagi terma jamoa Qatarga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik nazorat uchrashuvida, jamoa safidagi gollarga ikkinchi bo‘limda Akrom Komilov va Doston Tursunov mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining BAAdagi yig‘in doirasidagi dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvi KXDR olimpiyachilariga qarshi kechib, unda Samvel Babayan boshchiligidagi jamoa 4:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Shuningdek, Dubayda o‘zining ikkinchi yig‘inini o‘tkazayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yig‘in davomidagi ikkinchi nazorat uchrashuvida Suriya olimpiya terma jamoasidan 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
Izoh (0)