Afg‘oniston poytaxtidagi aeroport yaqinida avtomashina portladi. Bu haqda AFP agentligi bergan ma’lumotlarga asoslanib, “TASS” xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, portlash oqibatida bir kishi halok bo‘lib, yana to‘rt kishi yaralandi.
Voqea tafsilotlari ma’lum emas.
Hududda faoliyat ko‘rsatuvchi guruhlarning hech biri portlash uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmadi.
Izoh (0)