Janubiy Koreya dengiz piyoda qo‘shinlari qo‘mondoni, general-leytenant Li San Xun Sariq dengizdagi ikki orol orasida, KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasidagi nizoli chegara chizig‘i hududida jangovar shaylikni saqlab turishga buyruq berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, general Koreya Respublikasi dengiz piyoda qo‘shinlarining bo‘linmalari joylashgan va Pxenyan tomonidan tan olinmaydigan “shimoliy ajratuvchi chiziq” hududidagi Maldo va Udo orollariga tashrif buyurdi.
Li San Xun desantchilarga murojaat qilib, ularni “front chizig‘idagi eng og‘ir nuqtada xizmat qilishdan mag‘rurlanishga” va “dengiz piyoda qo‘shinlarining jangovarlik qobiliyati va birdamligini eng yuqori darajada saqlashga” chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreyaning Keson shahrida 11—12-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasidagi muzokaralar natijasiz yakunlangan edi.
Izoh (0)