Avstraliya shimoli-sharqida poyezdning relslardan chiqib ketishi oqibatida 200 ming litr sulfat kislota yerga to‘kilib ketdi. Bu haqda The Australian nashri ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
Halokat Juliya Krik shahri yaqinida 27-dekabr, yakshanba kuni mahalliy vaqt bo‘yicha 10:20 da sodir bo‘ldi. Halokat natijasida 26 ta sisterna ag‘darilib ketdi. Ularning barchasida sulfat kislota bor edi.
Poyezdning relslardan chiqib ketishi oqibatida uch kishi jabrlandi. Ular jiddiy bo‘lmagan shikastlanishlar bilan shifoxonaga yetkazildi.
Temiryo‘lning halokat sodir bo‘lgan hududidan yuk tashish taqiqlandi. Hukumat favqulodda holat e’lon qildi. Politsiya halokat hududidan ikki kilometr radiusgacha bo‘lgan masofada o‘tish mumkin bo‘lmagan hudud, deb belgiladi.
Izoh (0)