Xitoyning sharqida avariya sodir bo‘lgan gips konining egasi o‘z joniga qasd qilib, suvda g‘arq bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Avariya Yurong kompaniyasiga tegishli bo‘lgan konda sodir bo‘ldi. Uning rahbari Ma Sunbo, 27-dekabr, yakshanba kuni o‘zini kondagi quduqlardan biriga tashlab yuborib, cho‘kib ketdi.
Qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda. Jami 17 nafar konchi hozirga qadar yer ostida.
Eslatib o‘tamiz, Shandundagi konda sodir bo‘lgan avariya oqibatida bir kishi halok bo‘lib, o‘nlab konchi yer ostida qolib ketgan edi.
Izoh (0)