Rossiyaning Dog‘iston Respublikasidagi Gunib tumanida 27-dekabr, yakshanba kuni ertalab aksilterror rejimi joriy etildi. Bu haqda “TASS” bergan ma’lumotlarga asosan “RBK” xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, jangarilarni qidirish chora-tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Vaqti-vaqti bilan Dog‘istonda jangarilarni yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiyalar o‘tkazib turiladi. Buynaksk tumanining Chabanmaxi qishlog‘ida oktabr oyida o‘tkazilgan shu kabi tadbirda, federal kuchlarga qarata o‘t ochgan uch nafar jangari yo‘q qilingan edi.
Izoh (0)