26-dekabr kuni Germaniya poytaxtidagi ko‘chalarning birida noma’lum shaxslar to‘rt nafar erkakka hujum qilganligi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, yana uch kishi o‘qotar qurol va pichoqdan jarohat oldi.
Hodisa shaharning Vedding hududida sodir bo‘ldi. Hujumchilar voqea sodir bo‘lgan joyga kelib-ketishda avtmashinadan foydalangan. Ularning maqsadi hozircha ma’lum emas.
Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)