Xitoyda muz va qor festivali hisoblangan mashhur Xarbin festivalining ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ushbu 2015—2016-yil mavsumidagi asosiy mavzu “muz tojdagi marvarid” deb nomlanadi. Bu haqda Tjournal xabar beradi.
Festival har qishda Xitoyning eng shimoliy viloyatida bo‘lib o‘tadi. Bir necha hafta ichida Xarbinda muz va qordan qasrlar va haykallar barpo etiladi. Ularni tomosha qilish uchun dunyoning turli davlatlaridan sayyohlar tashrif buyuradi.
2015-yilda tashkilotchilar 32 ta muz tepalikni o‘rnatishga va’da bergan. Ulardan eng balandi 300 metrdan ortiqni tashkil etadi.
Tadbirning rasman ochilishi 5-yanvarga belgilangan, biroq muz shaharning bir qismi tashrif buyuruvchilar uchun ochiqdir.
Festivalning yopilish kuni aniq emas. Odatda u qor eriy boshlagandan keyin yopiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda allaqachon tashrif buyuruvchilar tomonidan olingan birinchi suratlar paydo bo‘ldi.
Izoh (0)