Meksika poytaxtidagi havoning tarkibida zararli moddalarning mumkin bo‘lgan miqdori sezilarli darajada oshib ketdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Yuzaga kelgan ekologik tahdid tufayli Mexikoning Atrof-muhit masalalari bo‘yicha komissiyasi tegishli ogohlantirishni e’lon qildi.
Eng og‘ir ahvol shaharning shimoli-sharqida kuzatilib, bu yerda ekologik xavflilikning eng yuqori – “qizil” darajasi e’lon qilingan va 0 dan 200 gacha bo‘lgan shkalada 155 ball ko‘rsatkichi berilgan.
Ta’kidlanishicha, shaharning markazida joylashgan poyabzal ishlab chiqaruvchi fabrikada yuz bergan yong‘in oqibatida, katta miqdordagi xomashyo, eritgich va bo‘yoqlarning yonib ketganligi, qisqa vaqt ichida havo sifatining yomonlashuviga olib kelgan bo‘lishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, zararli havo massasi kun davomida megapolisning shimolidan janubiga qarab sekin ko‘cha boshlaydi. 26-dekabr kuniga kelib, vaziyatning yaxshilanishi kutilmoqda.
Izoh (0)