Fransiyaning Korsika orolida joylashgan Ayachcho shahrida norozilik bildiruvchilar musulmonlarning ibodat zalini ag‘dar-to‘ntar qilib, Qur’onning bir nechta nusxasini yoqib yubordi. Bu haqda mahalliy politsiya ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
Bosqinchilik davomida norozilik bildiruvchilar “Arablar, keting!”, “Bu bizning uyimiz” deb qichqirgan.
Mahalliy mansabdor Fransua Lalannaning ma’lum qilishicha, namoyishchilarning kichikroq guruhi oynali eshikni sindirib, ibodat zaliga bostirib kirgan. Binoni ostin-ustin qilib, kitoblarning bir qismini, jumladan, Qur’onning nusxalarini yoqib yubordi.
Fransiya bosh vaziri Manuel Vals bosqinchilikni qoraladi.
Izoh (0)