Boliviyaning Kochabamba shahrida avtobus va yo‘lovchilari bo‘lgan yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Halokat oqibatida 15 kishi qurbon bo‘ldi, yana o‘n nafari jabrlandi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, yuk mashinasi quvib o‘tish davomida ag‘darilib ketgan. Uning kuzovidan tushib ketgan 14 kishi shaharlararo avtobusning bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi. Shundan keyin avtobus qoyaga urildi, natijada haydovchining yordamchisi halok bo‘ldi.
Politsiya halokatga yuk mashinasining tajribasiz haydovchisi sabab bo‘lgan deb hisoblamoqda, u hibsga olindi.
Izoh (0)