Amerikaning CommutAir aviakompaniyasiga tegishli samolyot 25-dekabr, juma kuni dvigatelidagi nosozlik tufayli Rochester shahridagi (Nyu-York shtati) aeroportga shoshilinch qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi vakilining ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Boshqarmaning ma’lum qilishicha, havo kemasi Vashington yaqinida joylashgan Dalles nomidagi xalqaro aeroportga yo‘l olgan. Parvoz boshlangandan biroz vaqt o‘tib, yuzaga kelgan favqulodda vaziyat tufayli uchuvchi parvoz amalga oshirilgan Rochester aeroportiga qaytishga qaror qildi. Qo‘nish chog‘ida hech kim jabrlanmadi.
CommutAir vakillari hozircha hodisaga hech qanday sharh bermadi. Samolyot turi va undagi yo‘lovchilar soni ham aniqlashtirilmadi. Hodisa sabablari surishtirilmoqda.
Izoh (0)