Yaponiyalik 35 yoshli fotosuratchi Takashi Yasui asosan Kiotoni suratga oladi. U fotografiyaga besh yil avval, jiyani tug‘ilganida, oilaviy portretlarni suratga olish orqali mehr qo‘ygan.
Shundan so‘ng uning beozorgina mashg‘uloti miqyosi ulkan faoliyatga aylanib ketdi: u jahonning ko‘plab fotosuratchilari ishlarini o‘rgana boshladi va bu uning ijodiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi.
Yaqinda Yasui Yaponiyaning kundalik turmush tarzi aksi etgan ajoyib fotosuratlar seriyasini tayyorladi.
Yaponiyaliklar har kuni ko‘chaga chiqib, nimalarni ko‘rishi, nimalar bilan shug‘ullanishi, atrof-olamni qanday qabul qilishi haqida Yasuining go‘zal suratlari ma’lumot beradi, deb yozadi TravelAsk.
Izoh (0)