Rossiya Misr bilan samolyot va vertolyotlar uchun “Prezident-C” mudofaa bort komplekslarini yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Bu haqda “Radioelektron texnologiyalar konserni” kompleksini ishlab chiqqan bosh direktor birinchi o‘rinbosari Igor Nasenkov ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
“Prezident-C” harbiy va fuqarolik samolyot va vertolyotlarini aviatsiya va zenit raketa kompleksi zarbasidan individual himoya qilish uchun mo‘ljallangan. “Prezident-C”, jumladan, Ka-52, Mi-28 va Mi-26 vertolyotlariga o‘rnatiladi.
“Shartnoma mavjud va biz ushbu shartnoma doirasida ishlamoqdamiz. Yetkazib berish tez kunda boshlanadi. Barcha zavodlarimiz buyurtmani ushbu yo‘nalish bo‘yicha bajarmoqda”, — dedi Nasenkov.
Kompleks hujum qilayotgan raketani aniqlash va kuzatish imkonini beradi.
Izoh (0)