Parijdagi Ruassi-Sharl de Goll xalqaro aeroportida noodatiy hodisa sodir bo‘ldi. Marokash elchisi Fransiya poytaxtidan AQShga almashish chog‘ida VIP-zalda 20 ming yevrosini tushirib qo‘ydi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Elchi pullarini tushirib qo‘yganligini biroz muddatdan so‘ng, ya’ni uchish oldidangina payqab qoldi. Biroq u kutish zaliga qaytganda, pullari allaqachon yo‘q edi. Bu uning o‘z reysi bilan uchib ketishiga to‘sqinlik qilmadi. Marokash elchisi Fransiya huquqni muhofaza qilish organlariga pullarini yo‘qotganligi haqida xabar berishga ham ulgurdi.
Videokuzatuv kameralaridan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida politsiya marokashlik elchining haqiqatan ham pullarini tushirib qo‘yganligi va ularni shu zahoti aeroport xodimlaridan biri olib qo‘yganligini aniqladi. Tergovchilar erkak bilan uchrashganda, pullarning ancha kamayib qolganligi aniqlandi. Uning qo‘lida faqat o‘n ming yevro qolgan edi.
Hozirda fransuz politsiyasi qolgan pullarni qidirish bilan shug‘ullanmoqda.
Izoh (0)