Ekspress-AMU1 telekommunikatsion sun’iy yo‘ldoshi ortilgan Proton-M tashuvchi raketasi Briz-M tezlikni oshiruvchi blok yordamida Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan 25-dekabr kuni uchirildi. Bu haqda “Interfaks” bergan ma’lumotlarga asosan “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Tezlikni oshiruvchi blok va kosmik kema Protonning uchinchi pog‘onasidan shtatli rejimda ajraldi. Yana to‘qqiz soatdan keyin sun’iy yo‘ldosh balandligi 35,8 kilometrgacha bo‘lgan maqsadli orbitaga chiqishi kerak.
Express-AMU1 5700 kilogrammga yaqin vaznga ega bo‘lib, ikki diapazonda ishlovchi 70 ta retranslyatsiya antennasini olib bormoqda. Sun’iy yo‘ldosh 15 yil davomida Rossiya iste’molchilariga va Afrikadagi Sahroiy Kabirning janubida yashovchi aholiga televideniye va internet xizmatlarini ko‘rsatishi kutilmoqda.
Izoh (0)