Tailand sudi Myanmaning ikki fuqarosini britaniyalik sayyohlarni o‘ldirgani uchun o‘lim jazosiga mahkum etdi

Myanmaning ikki nafar fuqarosi britaniyalik sayyohlar — Devid Miller va Xanna Vizerijni o‘ldirganlikda aybdor deb topildi va o‘lim jazosiga mahkum etildi, deya xabar bermoqda “TASS” Tailandning Surattxani provinsiyasi sudi qaroriga tayanib.

Foto: Flickr

Foto: Flickr

Shov-shuvli jinoyat 2014-yil sentabrida sodir etilgan. Miller va Vizerij Tailand janubidagi Tao oroli plyajida shafqatsizlarcha o‘ldirib ketilgan. Britaniyaliklarni o‘ldirishda gumonlanib myanmalik ikki gastarbayter — Zava Liina va Vina Zav Tuna hibsga olingan.

Ular dastlab o‘z ayblarini tan olgan bo‘lsa, keyinroq qiynoqlar ostida shunday ko‘rsatma berganini aytib, ayblarini rad etgan. Shunga qaramay, sud ularning aybini isbotlangan deb topdi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing