Rossiya hududiga Turkiya va Ukrainadan noqonuniy olib kirilgan mahsulotlarni 2016-yilning 1-yanvaridan yo‘q qilishni boshlaydi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
“Talablarga javob bermaydigan har qanday mahsulot yo‘q qilinadi. Doim shunday bo‘lib kelgan”, — dedi Rossiya Iste’molchilar huquqini himoya qilish federal xizmati rahbari Anna Popova.
Popova bu kabi mahsulotlarning qay tartibda yo‘q qilinishini ma’lum qilmadi, biroq bu masala muhokama etilayotganligini ta’kidladi.
“Bu masala hal etilmoqda. Biroq ularning qay tarzda yo‘q qilinishi muhim emas, asosiysi ular mamlakatga kirib kelmasligi lozim”, — dedi Popova.
Izoh (0)