KXDR rahbari Kim Chen In Koreya xalq armiyasi o‘quv mashg‘ulotlarini jadalroq o‘tkazish to‘g‘risida buyruq berdi. Bu haqda u mamlakatda bo‘lib o‘tgan 526- va 671-raqamli harbiy qismlarning yirik o‘quv mashg‘ulotlari davomida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
STAK agentligining ma’lum qilishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi, shuningdek, armiya rahbariyatini “eng shafqatsiz va og‘ir urushga hozirlikni ta’minlash uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishdagi rasmiyatchilik va bir qoliplilikka barham berish”ga chaqirdi.
“Askarlar urush harakatlariga maksimal yaqin sharoitlarda tayyorgarlik o‘tashi lozim”, — dedi Kim Chen In.
Oliy qo‘mondon, shuningdek, harbiy texnika modernizatsiyasini amalga oshirish haqida ko‘rsatma berdi.
Izoh (0)