“Gazprom” direktorlar kengashining a’zosi, Sankt-Peterburg davlat universiteti professori Valeriy Musin 22-dekabr kuni vafot etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Valeriy Abramovich Musin fuqarolik huquqi, dengiz huquqi, xalqaro xususiy huquq, fuqarolik protsessi, tashqi savdodagi huquqiy muammolar sohalari mutaxassisi sifatida Rossiya va chet elda mashhurdir. U 250 dan ortiq ilmiy ish, jumladan 15 ta monografiya va o‘quv qo‘llanmasini chop etgan.
Valeriy Musin 1939-yilda dunyoga kelgan. U Hurmat ordeni, IV darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan. Musin “Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvoniga sazovor bo‘lgan.
U 2008-yilda Rossiya Fanlar akademiyasi a’zoligiga saylangan. 2009-yilda Musin “Gazprom” direktorlar kengashiga mustaqil direktor sifatida a’zo bo‘lgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bosh vazir Dmitriy Medvedev Valeriy Musinning talabalari bo‘lgan.
Izoh (0)