Milliy media guruh va Discovery kompaniyalarining qo‘shma korxonasi Rossiyada CNN va Cartoon Network kanallarini efirga uzatuvchi Turner’ning Rossiyadagi aktivlarini qo‘lga kiritadi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
Milliy media guruh va Amerikaning Discovery Communications tomonidan qo‘shma korxona sifatida tashkil etilgan “Media Alyans” kompaniyasi CNN International, Cartoon Network va Boomerang kanallarining Rossiyadagi aktivlarini xarid qiladi.
Amerikaning Turner kompaniyasi OAV to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan tuzatish munosabati bilan ushbu aktivlarini sotishga qaror qildi. Tuzatish Rossiya mediasida chet el kapitalini 20 foiz ulushgacha cheklashni ko‘zda tutadi.
“Media Alyans” “Terner detskiye programmi” MChJ (ta’sischisi Cartoon Network va Boomerang) va “Terner informatsionniye programmi i stil jizni” MChJlarini (ta’sischisi CNN) 100 foiz sotib oladi.
Izoh (0)