Bu yil Shimoliy Koreyada Mehnat partiyasi tashkil etilganining 70 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda TravelAsk.
Bayram vaqtida mamlakat ahliga yangi qit’alararo ballistik raketa namunalari ko‘rsatildi, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In esa KXDR qo‘shinlari AQSh boshlaydigan har qanday urushga javob bera olishini ta’kidladi.
Paradda KXDR yetakchisi bilan yonma-yon turgan mehmonlar orasida Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi Li Yunshan ham bor edi.
Mahobatli parad Kim Ir Sen maydonida bo‘lib o‘tdi — bu yerga ko‘plab tomoshabinlar va ishtirokchilar to‘plangan edi.
Harbiy qo‘mondonlar o‘z joyini egallagan.
Kim Chen In o‘z xalqiga murojaat qildi, odamlar uni har 20 soniyada gulduros qarsaklar bilan olqishlab turdi.
Bayramning yuqoridan ko‘rinishi.
Bardam ayol askarlar.
Xuddi shunday jasur erkak askarlar.
Maydon bo‘ylab o‘tayotgan Shimoliy Koreya armiyasi tanklari.
KXDR armiyasidagi harbiy xizmatchilar soni 850 ming — 1,2 million kishini tashkil etadi, yana 4 million kishi zaxirada.
Askarlar shunchaki qadam tashlamaydi, balki turli shiorlarni ham baralla aytishi kerak.
Paradning tomoshabopligini shubha ostiga olib bo‘lmaydi.
Shimoliy koreyalik faxriylar.
Barcha birgalikda vatanparvarlik qo‘shiqlarini kuylamoqda.
Maftunkor xonandalarning chiqishi.
Qizil libosdagi qizlarning ajoyib raqsi.
Kuchli yomg‘ir vaqtida ham o‘z o‘rnini tashlab ketmagan askar.
Yomg‘irdan qochgan zobitlar.
Mash’alalar ishtirokidagi chiroyli sahna ko‘rinishi.
Qatnashchilar marosimga butun vujudi bilan kirishib ketadi.
Bu hukmron Mehnat partiyasining 70 yilligiga bag‘ishlangan harbiy paraddagi so‘nggi sahna ko‘rinishi edi.
Izoh (0)