Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki 23-dekabr kuni Qrim yarimorolining Rossiyaga qo‘shilganligiga bag‘ishlab 100 rubl qiymatidagi esdalik banknotasini muomalaga chiqardi. Bu haqda Meduza xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, jami 20 million rublni tashkil qiladigan qiymatda chiqariladigan banknotaning bir tarafi federal ahamiyatga ega bo‘lgan Sevastopol shahriga, ikkinchi yuzasi esa Qrim Respublikasiga bag‘ishlangan.
Qrimga bag‘ishlangan yuzada “Qaldirg‘och uyasi” qal’asi aks ettirilgan. Ikkinchi yuzada Ivan Ayvazovskiyning “Rossiyaning eskadra qo‘shini Sevastopoldagi reydda” kartinasidan bir parcha keltirilib, Sevastopol qo‘ltig‘ida cho‘kib ketgan kemalarga bag‘ishlangan yodgorlik majmui aks ettirilgan. Har ikki tasvir tik yo‘nalishda chizilgan.
Izoh (0)