Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) 2040-yilga kelib, bir barrel neftning narxi 160 dollarga oshishini kutmoqda. Bu haqda Rambler News Service bergan ma’lumotlarga asosan “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Shu bilan bir vaqtda, dunyoning neftga bo‘lgan talabi 20 foizga oshadi.
Tashkilotning hisobotida ta’kidlanishicha, besh yildan keyin bir barrel neftning narxi 80 dollarga yetishi mumkin. Uglevodorodlarga bo‘lgan ehtiyojning tobora o‘sib borishi sababli, OPEK sohaga bo‘lgan investitsiyalarning hajmini 10 trillion dollarga ko‘payishini kutmoqda. Shundan 7,2 trillion dollar neft qazib oluvchi sektorga sarflanib, qolgan mablag‘lar qayta ishlash va yetkazib berishga ajratiladi. Investitsiyalarning asosiy qismi OPEKga a’zo bo‘lmagan davlatlar zimmasiga to‘g‘ri kelib, uning yillik hajmi taxminan 250 milliard dollar atrofida bo‘ladi.
Izoh (0)