AQSh Maxfiy xizmatining Barak Obamani qo‘riqlash bo‘linmasi xodimiga tegishli to‘pponcha, shaxsiy ko‘krak nishoni, aloqa ratsiyasi, kishan va USB-fleshka o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda 22-dekabr, seshanba kuni CNN telekompaniyasi xabar beradi.
Noma’lum shaxslar tomonidan agentning mashinasi salonidan uning barcha zaruriy ashyolari o‘g‘irlab ketilgan. Avtomobil Vashington markazida, boshqarma shtab-kvartirasi yaqinida to‘xtatib qo‘yilgan bo‘lgan. O‘g‘ri plastik paketdagi barcha buyumlarni orqa eshikning oynasidan chiqarib olgan.
Politsiya bayonnomasida Maxfiy xizmat xodimining ism-sharifi oshkor etilmagan. O‘g‘rilik mahalliy vaqt bo‘yicha kechki to‘rtlarga yaqin sodir etilganligi ma’lum qilingan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organ ekspertlari maxfiy ma’lumotlarga ega bo‘lgan fleshka murakkab parollar bilan himoya qilinganligi uchun uning o‘g‘irlab ketilishi davlatga hech qanday zarar yetkazmaydi, deb hisoblamoqda. Shu bilan birga ular AQSh poytaxti markazida bu kabi jinoyatning sodir etilganligidan hayratga tushgan.
Izoh (0)