Turkiyada Rossiya joriy etgan sanksiyalardan so‘ng, uning hududiga kiritish taqiqlangan 20 tonna sabzavot va meva Kadirili shahri aholisiga tekin tarqatildi. Bu haqda “Bigmir.net” xabar beradi.
Shahar meri Umar Tarxanning so‘zlariga qaraganda, mahalliy mahsulotlar yarmarkasi doirasida ishlab chiqaruvchilardan 35 ming liraga sabzavot va mevalar xarid qilinib, aholiga tekin tarqatilgan. Mer shu tariqa mahalliy ishlab chiqaruvchilar qo‘llab-quvvatlanganligini ma’lum qildi.
Avvalroq turkiyalik tadbirkorlar Rossiyada taqiqlangan o‘n tonna apelsinni sotib olib, ularni kambag‘allarga tarqatgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tushirganiga javoban Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritish haqidagi farmonni imzolagan edi.
Izoh (0)