Yaqinda Qozog‘iston musulmonlar uyushmasi Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashviliga Qozog‘istondagi shaharlardan biriga akim (hokim) bo‘lishni taklif qilgan edi. Saakashvili taklifni rad etib, Ukrainadagi korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari hali yakunlanmaganligini ma’lum qilgan edi, deb xabar beradi “Nur.kz”.
Shu munosabat bilan “Nur.kz” “Mixail Saakashvilini Qozog‘iston shahri akimi sifatida ko‘rishni istar edingizmi?” mavzusida so‘rov o‘tkazdi.
2 931 kishi ishtirok etgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, fuqarolarning yarmidan ko‘pi Saakashvilini Qozog‘iston davlat lavozimlarida ko‘rishni istamasligi ma’lum bo‘ldi.
Ovoz beruvchilarning 1582 nafari (54 foizi) “Saakashvili bu yerda hech kimga kerak emas” degan fikr bildirgan. 502 nafari (19 foiz) esa u xalqqa korrupsiyaga qarshi kurashishda yordam berishi mumkin deb hisoblagan. 425 kishi esa istehzo bilan mamlakat Madaniyat vaziri lavozimiga Jerar Depardyeni tayinlashni taklif qilgan.
Izoh (0)